Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi abiturientlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida Call-center xizmati telefon qo'ng'iroqlariga bir vaqtning o'zida 7 nafar mutaxassis javob berishini yo'lga qo'ydi.
Ayni paytda fuqarolar tomonidan 71-230-64-64 telefon raqami orqali kelib tushayotgan savollarga mutaxassislar kun davomida to'xtovsiz javob berib kelishmoqda.
Call-center xizmati yakshanba kundan tashqari har kuni soat 9:00 dan 17:00 ga qadar faoliyat ko'rsatadi.
Eslatib o'tamiz, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri hamda vazir o'rinbosarlarining murojaatlar platformasi (https://t.me/eduuz/5203) orqali ham fuqarolar o'z savollariga javob olishlari mumkin.