“Virusning turli shtammlar bilan organizmga kirib olishini kim cheklay oladi? Hech kim. Shuning uchun bir bemorda ikki, hatto, uchta shtamm bilan kasallanish kuzatilishi mumkin. Nazariy jihatdan shunday boʻlish ehtimoli bor”, - deydi mutaxassis.

Vikulovning taʼkidlashicha, onkologik kasalliklar, qandli diabet, metabolik sindromga chalinganlar birdaniga koronavirusning bir nechta shtammi bilan kasallanishi mumkin. Mutaxassis kasallikning har bir turini davolash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilganini ham qayd etdi.