18-noyabr - Oʻzbekiston davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan 13-noyabrda mamlakatimizning 15 ta shahrida, shu jumladan, Fargʻona va Qoʻqon shaharlarida bir vaqtda “Yangi nafas” sport musobaqalari oʻtkaziladi. Tadbir “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda - birga yuguramiz” shiori ostida oʻtkaziladi.
Barcha nuqtalarda boʻladigan musobaqaning yagona masofa uzunligi 3 km etib belgilangan. Hamma joyda masofa bir xil boʻladi va musobaqa bir vaqtda: 13-noyabr, yakshanba kuni soat 12:30 da start oladi. Yuguruvchilar 9 yoshdan katta boʻlishi kerak, unda ayolmi, erkakmi, barcha xohlovchilar qatnashishi mumkin.