Nizomga koʻra, bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotining miqdori taqdirlash toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni, qarori yoki Oliy Majlis palatalarining qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan amalda boʻlgan BHMdan kelib chiqib hisoblanadi.

“Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslar oylik ish haqi yoki pensiyaga qoʻshimcha ravishda har oyda BHM miqdorida ustama haq oladilar.

Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlash AT “Xalq banki”ning barcha filiallari tomonidan amalga oshiriladi.