“Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroylari faoliyatining 2022-yil iyul` oyi yakunlari bo'yicha bir yo'lovchi tashish uchun shakllangan xarajatlari to'g'risida ma'lumot berdi.
Ta'kidlanishicha, bunda tashilgan yo'lovchilar soni 9,77 millionni tashkil qilgan. Avtobuslar yo'nalishlarda yurgan masofasi esa 6 008,4 ming kilometrga teng bo'lgan.
Jami xarajatlar — 44 492,7 mln so'm. Amaldagi yo'lkira tarifi — 1400 so'm. 1 yo'lovchi uchun xarajatlar — 4 554,0 so'm, 1 km uchun xarajatlar — 7 405,1 so'm.
Avvalroq “Toshshahartransxizmat” bir oy mobaynida (1-31 avgust holatiga ko'ra) 131-sonli yo'nalish — 224 164, 58-sonli yo'nalish — 189 414 va 116-sonli yo'nalish — 163 283 eng ko'p foydalanilgan yo'nalishlar bo'lgani haqida ma'lumot bergandi.