Bir yoshli bola qutqarildi

    Tashvishli xabar 7 Sentabr 2020 511

    6-sentyabrda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tashvishli xabar kelib tushgan.

    Maʼlum boʻlishicha, Samarqand viloyati Payariq tumanidagi koʻp qavatli uylardan birida bir yoshli qiz koʻp qavatli uyning 3-qavatida qulflanib qolgan.

    Bolaning ota-onasi oʻz vaqtida yordam soʻrab viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat qilgan.

    Qisqa muddat ichida yetib kelgan qutqaruvchilar maxsus narvon yordamida bino ichiga kirdilar. Eshikni ichkaridan ochib, bolani sogʻ-salomat holda ota-onasiga topshirishga muvaffaq boʻlgan, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.