Korporativ munosabatlar sohasidagi qoidalar soddalashtirilmoqda

Hususan, quyidagi talablar bekor qilinmoqda:

  • quyidagi tashkilotlarda ichki audit xizmatini tashkil etish:
  • MCHJlarda (aktivlarining balans qiymati BHMning 100 000 baravaridan koʻp boʻlgan davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan MCHJlar, shuningdek kredit tashkilotlaridan tashqari);
  • aktivlarining balans qiymati BHMning 100 000 baravaridan kam boʻlgan davlat ulushi 50% va undan yuqori boʻlgan AJ va DUKlarda;
  • MCHJ taʼsis shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
  • MCHJning yuridik shaxs hisoblangan ishtirokchilari vakillariga umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tartibda tasdiqlash;
  • MCHJ tashkil etilganda zahira jamgʻarmasini ustav fondning kamida 15 % etib belgilash.

Uy-joy uchun subsidiya olish uchun berilgan arizalarni koʻrib chiqish tartibi oʻzgarmoqda

Xususan:

  • subsidiya ajratiladigan talabgorlarni tanlab olish boʻyicha komissiyalar tarkibidan Yoshlar ishlari agentligining boʻlim boshligʻi va Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori chiqarilmoqda;
  • subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligining boʻlimlari va tuman (shahar) hokimliklari tomonidan koʻrib chiqish tartibi bekor qilinmoqda;
  • mazkur tashkilotlarning maʼlumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy taʼminoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

YPX postlarida bosqichma-bosqich “yashil” va “qizil” yoʻlak tizimi joriy etiladi

1-dekabrdan boshlab “yashil” va “qizil” yoʻlak tamoyili Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” va Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan “Namangan” yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida joriy etiladi. Keyinchalik esa tizim bosqichma-bosqich respublikaning qolgan yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida joriy etiladi.

Haydovchilarga jarima ballarini hisoblash boshlanadi

Quyidagi tartibni nazarda tutuvchi haydovchilarga yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi:

  • har bir yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;
  • hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi maʼlum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan oʻrnatilgan tartibda mahrum qilinadi;
  • muayyan davr mobaynida yoʻl harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi.

“Yoshlar forumi” doirasida ommaviy sport musobaqalari oʻtkaziladi

Har yili anʼanaviy tarzda 30-iyun - Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabr oyida oʻtkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida sportning futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari boʻyicha besh bosqichli ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish tizimi joriy etiladi:

  • birinchi bosqichda - koʻchalararo mahalla musobaqalari;
  • ikkinchi bosqichda - mahallalararo sektor musobaqalari;
  • uchinchi bosqichda - sektor musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida tuman (shahar) musobaqalari;
  • toʻrtinchi bosqichda - tuman (shahar) musobaqalari gʻolib mahalla jamoalari oʻrtasida viloyat musobaqalari;
  • beshinchi bosqichda - viloyat musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida respublika (final) musobaqalari.

Fuqarolarni Mobil-ID tizimiga bepul identifikatsiya qilish davri yakunlanadi

Bevosita Markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022-yil 31-dekabrga qadar toʻlov undirilmasdan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida bir martalik toʻlov undirilgan holda amalga oshiriladi;