Vakillarimiz orasida suzuvchimiz birinchi boʻlib delegatsiyamiz gʻaznasini kumush medal bilan toʻldirdi.

Bugun boshqa yoʻnalishlarda ham bellashuvlar boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, stol tennisi bahslarida mikst (Shohruh Iskandanov va Soʻgʻdiyona Ibodullayeva) hamda erkaklar oʻrtasidagi juftlik (Shohruh Iskandanov va Damir Juzbanov) dasturida qatnashayotgan vakillarimiz ertaga oʻtkaziladigan yarim final bosqichiga yoʻl oldi. Boshqa sport turlaridagi atletlarimiz esa qizgʻin mashgʻulotlarni olib bormoqda.