Joriy yilning 25-sentyabr – 20-oktyabr kunlari Kuvaytda futzal boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Ushbu nifuzli turnirga tayyorgarlik doirasida oʻzbekistonlik futzalchilar Jizzaxda qoʻshni Tojikiston termasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdi.

Bahs gollarga boy boʻlda va 4:4 hisobida durang nitija bilan yakunlandi.

Futzalchilarimiz bugun va 17-iyulʼ kuni yana tojikistonlik futzalchilarga qarshi maydonga tushadi. Bu ikki oʻyin ham Jizzaxda boʻlib oʻtadi.