Birinchi Prezidentimiz xotirasi yod etildi

    Hukumat 5 Oktabr 2021 3204

    Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga borib, Birinchi Prezidentimiz haykaliga gul qo‘ydi.

    Bu marhum yo‘lboshchimiz xotirasiga hurmat, xalqlarimiz o‘rtasidagi mehr-oqibat ifodasi bo‘ldi.

    Shuning bilan Turkmaniston Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakunlandi.

    Toshkent xalqaro aeroportida Gurbanguli Berdimuhamedovni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.