Bu borada Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo'limlari tomonidan ko'chma savdo yarmarkalari, dehqon bozorlarida birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarini ulgurji narxlarda sotilishi ta'minlanmoqda. SHuningdek, Xorazm viloyatida etishtiriladigan guruch, parranda go'shti va shakar kabi mahsulotlarning birinchi qo'l tamoyili asosida Toshkent shahri va boshqa viloyatlarga arzon narxlarda etkazib berilishiga alohida e'tibor qaratilgan. 

Urganch tumani Do'stlik mahallasida joylashgan xususiy korxona asosan tovuq go'shti etishtirishga ixtisoslashgan. e'tiborlisi, go'sht mahsulotining tayyor holga kelgungacha bo'lgan barcha bosqichlar shu erning o'zida zamonaviy texnikalar va zarur mahsulotlar yordamida amalga oshiriladi. Korxonada kuniga 6 tonna tovuq go'shti iste'mol uchun barcha dehqon bozorlariga etkazib beriladi. Xozirgi kunda parrandachilik sohasida o'z faoliyatini yaxshi yo'lga qo'ygan tadbirkor tomonidan tovuk go'shti nafaqat mahalliy bozorlarga, balki qo'shni viloyatlarda ham ulgurji narxlarda sotilishi ta'minlanmoqda. 

Pandemiya sharoitida tadbirkorlar, fermerlar va aholiga qulaylik yaratish, kafolatli, arzon narxda oziq-ovqat maxsulotlarini etkazib berish maqsadida Departament organlari tomonidan onlayn axborot almashish guruhi tashkil etildi. Bugungi kunda ushbu interaktiv tizim orqali Respublikamizning barcha hududlariga Xorazm viloyatidan ehtiyojga qarab parranda go'shti, guruch va shakar mahsulotlari birinchi qo'l tamoyili asosida etkazilib berilmoqda. 

Xususan, may oyining o'tgan 10 kuni davomida viloyatimizdan Toshkent shahriga 10 tonna tovuq go'shti, Namangan, Andijon viloyatlari va Toshkent shahriga 60 tonna guruch, Surxondaryo va Samarqand viloyatiga 75 tonna shakar maxsuloti etkazilishi ta'minlandi.

Bu jarayonda Xonqa tumanida o'z faoliyatini yo'lga qo'ygan fermer xo'jaliklari ham  munosib hissa qo'shmoqdalar.  Asosan, guruch mahsuloti etishtirishga ixtisoslashgan fermer SHavkat Sultonov har yil mavsumda 100 gektar er maydonida 2 xil turdagi guruch maxsulotini etishtiradi. Fermerning don tegirmonlarida qoplangan lazer guruchi respublikamizning barcha viloyatlari dehqon bozorlari, ko'chma savdo do'konlariga xech qanday to'siqlarsiz to'g'ridan-to'g'ri etkazib berilmoqda. 

Viloyatimizdan etishtirilib, boshqa hududlarga realizatsiya uchun mo'ljallangan oziq-ovqat mahsulotlari o'rganilgan talab asosida, ehtiyojga qarab taqsimlanmoqda. SHuningdek, mahsulotlar ortilgan yuk mashinalari hududlarga kirish va chiqish blok postlaridan yashil yo'lak mexanizmi asosida o'tkazilib, ishlab chiqaruvchi narxida sotilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

epedemiologik sharoitda aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash eng asosiy vazifamiz sanaladi. Hozirda Xorazm viloyatiga Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan yangi xosilga kirgan kartoshka, piyoz kabi poliz ekinlarini “Daladan - dasturxonga” tamoyili asosida olib kelinib, arzonlashtirilgan savdo do'konlarida, dehqon bozorlarida sotilishi ta'minlanmoqda. 

Departament organlari tomonidan yo'lga qo'yilgan ushbu yangi tizimfermer xo'jaliklari, tomarqa er egalari tomonidan etishtirilgan mahsulotlarni nobud qilmasdan realizatsiya qilishda, dehqonlar etishtirgan mahsuloti va mehnati foydasini ko'rishga sharoit yaratishga hamda aholini kafolatli tarzda muqobil narxlarda qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.  

G'ayratjon SULTONOV

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning 

Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig'i