Shu kunlarda futbol boʻyicha mamlakatimiz milliy terma jamoasi Dubayda Osiyo kubogi-2023 bahslariga tayyorgarlik koʻrmoqda. Srechko Katanes shogirdlari tayyorgarlik jarayonida bir nechta oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazishni rejalashtirgan.
Qirgʻiziston futbol assotsiatsiyasi xabariga koʻra, Oʻzbekiston milliy jamoasi 24-dekabr kuni ushbu mamlakat futbolchilariga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Dubayda boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, milliy jamoa tarkibi hozircha Superligada qatnashayotgan oʻyinchilardan iborat. Tez orada ular safiga legionerlar ham qoʻshiladi.
Osiyo kubogi-2023 oʻyinlari 12-yanvar kuni boshlanadi. Oʻzbekiston “V” guruhidan joy olgan va birinchi bahsini 13-yanvar kuni Suriyaga qarshi oʻtkazadi. 18-yanvarda Hindiston, 23-yanvarda esa Avstraliya bilan oʻynaydi.