«Yaqin-yaqingacha umrini paxta dalasida oʻtkazgan oddiy oila farzandlari ilmda, sportda, boshqa sohalarda bunday yuksak marralarni egallashini tasavvur qilish ham qiyin edi.
Biz yoshlarimiz uchun sharoit yaratdik, ular bundan unumli foydalanib, baland choʻqqilarni zabt etmoqda.
Birinchi va ikkinchi Renessansni buyuk alloma va mutafakkirlarimiz yaratgan boʻlsa, bugun tarix navbatni sizlarga bermoqda.
Ishonchim komil, sizlar barcha sohalarda mamlakatimiz bayrogʻini baland koʻtarishga qodirsiz. Sizlar Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!», — dedi Prezident.









