Ushbu yirik anjuman 2011-yildan buyon Qatar Davlati Taʼlim, fan va ijtimoiy taraqqiyot fondi (Qatar Foundation) raisi shayxa Muza bint Nosir al-Misnad shafeligida oʻtkazib kelinmoqda. Undan koʻzlangan asosiy maqsad – siyosat, tadqiqotlar, yetakchilik kabi sohalarda tashabbuslarni ilgari surish orqali taʼlimda innovatsion dasturlarni yaratishdir.
Bu yilgi tadbir “Sunʼiy intellekt davrida inson ijodkorligi” mavzusiga bagʻishlandi.
29-noyabr kuni sammitning asosiy tadbirlarida yuqori darajadagi mehmonlar, jumladan, xorijiy davlatlar vazirlari, taʼlim va ijtimoiy sohalar ekspertlari qatnashdi.
Bu sammitdagi ishtirok soʻnggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan Oʻzbekiston bilan Qatar oʻrtasidagi hamkorlikning yana bir ifodasi boʻldi.