Xitoy janubi-gʻarbidagi Chunsin shahrini Afgʻoniston bilan bogʻlovchi birinchi toʻgʻridan-toʻgʻri temir yoʻl yoʻnalishi ishga tushirildi, deya xabar beradi Sinxua agentligi.
Yuk poyezdi Chunsin shahridagi Tuanszetsun stansiyasidan Afgʻonistonning Hayratan shahriga yoʻl oldi.
Xitoy telekommunikatsiya giganti ZTE kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 55 ta konteynerda aloqa uskunasini olib ketayotgan poyezd Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni (Shimoliy-gʻarbiy Xitoy)ning “Xorgos” nazorat-oʻtkazish punktida davlat chegarasini kesib oʻtib, Qozogʻiston va Oʻzbekiston orqali Hayratonga yetib boradi. Butun yoʻl davomiyligi 12-15 kun davom etishi kerak.
Xabar qilinishicha, yuk Afgʻonistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshish maqsadida mahalliy aloqa tarmoqlarini qurishni qoʻllab-quvvatlashga sarflanadi.
«Toʻgʻridan-toʻgʻri temir yoʻl orqali yuk tashish sxemasidan foydalanganda tashish vaqti avtomobil tashuviga nisbatan 3-5 kunga, logistika xarajatlari esa 15-20 foizga qisqarishi nazarda tutilgan. Bu yuklarni tashish va yetkazib berish xavfsizligi va samaradorligini kuchaytiradi», — dedi ZTE xodimi Lyu Szyanfen.