Birja orqali pullarni koʻpaytirib beraman deb aldab ketgan firibgar qoʻlga tushdi

    Bu kabi jinoiy harakati uchun besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

    Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi 77 yoshli Q.S.ga nomaʼlum shaxs qoʻngʻiroq qilib, birja orqali pullarini koʻpaytirib olishni taklif qilib, 13.365 AQSH dollari miqdoridagi pullarni qoʻlga kiritib gʻoyib boʻlganligini maʼlum qilgan.

    Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi 31 yoshli fuqaro A.F. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, qoʻlga olingan.

    A.F. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

    Qonunga muvofiq, A.F. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.