Mazkur yangi birja tovari boʻyicha 2 ta standart birja shartnomalari ochildi. Ularning shartlariga koʻra AI-80 (oktan raqami 77, tadqiqot oktan raqami 82,5) avtomobil benzining boshlangʻich narxi bir tonnasi uchun 4 300 000,0 (aksiz soligʻi bilan) soʻm va 3 964 748,0 soʻm (aksiz soligʻisiz)ni tashkil etadi. Tovarni yetkazib berish shartlari – FCA Oxunboboyev temir yoʻli bekati.
«Oʻzbekneftegaz» AJ neft bazalari, avtomobil yoqilgʻi quyish shoxobchalari va benzinni oʻz ehtiyojlari uchun xarid qiladigan boshqa yuridik shaxslar AI-80 lyuks markali avtomobil benzinning xaridorlari hisoblanadi. Savdolar erkin, oshkora va barcha ishtirokchilar uchun teng sharoitlar taʼminlangan holda oʻtkazilmoqda.
Birja savdolarida ishtirok etish uchun OʻzRTXB” AJ da onlayn akkreditatsiyadan oʻtish va birjaning brokeri bilan shartnoma tuzish lozim.