Bunda sotuvlarning 80,1% - birja savdolari; 0,7% - koʻrgazma-yarmarka savdolari; 18,7% - elektron davlat xaridlari va 0,5% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga toʻgʻri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 599,8 mlrd soʻmni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida oʻtkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 131,6 mlrd soʻmlik mablagʻlari tejaldi.
Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 4 812 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 11,7 mlrd soʻmni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 4,9% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 8,6% ikkinchi; 9,4% uchinchi; 12,1% toʻrtinchi; 20,8% beshinchi va 44,3% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Birja savdolari
Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 071,1 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻyishdi, shu jumladan:
Paxta yogʻi
Oʻtgan haftada birja savdolarida 2 152,0 tonna paxta yogʻi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 93 xaridor ishtirok etdi. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 430,0 tonnani tashkil qildi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 17 227,2 ming soʻmdan 15 337,2 ming soʻmgacha, yaʼni 11,0% ga pasayganini taʼkidlash lozim.
Shakar
Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 12 720,0 tonna shakar qoʻyildi va uning barcha hajmi cotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 334 xaridor ishtirok etdi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 9 286,4 ming soʻmdan 9 087,7 ming soʻmgacha, yaʼni 2,1%ga pasaygan.
Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning TS-2 – kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 9 347,8 ming soʻmni tashkil etdi.
Shulxa
Oʻtgan hafta mobaynida birja savdolari orqali 6 787,0 tonna shulxa sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 40 xaridor ishtirok etdi. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 1 357,0 tonnani tashkil qildi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda sheluxaning kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 001,2 ming soʻmdan 2 804,0 ming soʻmgacha, yaʼni 6,6%ga pasaydi.
Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida shulxa boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 2 973,6 ming soʻmni tashkil etdi.