O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birja savdosi mexanizmlarini yanada takomillashtirish choralari to'g'risida”gi PQ-4484-son qarorini ijro etish doirasida O'zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi bilan birgalikda O'zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida chet el valyutasida amalga oshirilgan birjaning import shartnomalarining Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (TSO)ga zarur o'zgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan o'zgartirishlar birjada import bitimlarini tuzish jarayonini soddalashtiradi hamda birja savdolari orqali import qilinadigan tovarlarni chet el valyutasida sotib olish imkoniyatini beradi. Bunda, tuzilgan shartnomalar to'g'risidagi ma'lumotlar birja tomonidan  Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritiladi.