Ko'rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog'ining kunlik o'rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 9,3 mln so'mdan 9,2 mln so'mgacha, ya'ni 1,7 foizga pasaydi. Hafta yakunlariga ko'ra 1-navli paxta yog'ining haftalik kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 6,6 foizga pasayib, mahsulotni bir tonnasi uchun 9 mln so'mni tashkil etdi.
Hafta davomida birja savdolariga 5 349,0 tonna shakar qo'yildi va ulardan 2 677,0 tonnasi, ya'ni 50,0 foizi sotildi. SHu bilan birga, Belarusdan import qilingan shakar ham qo'shimcha ravishda birja savdolariga qo'yilmoqda. O'tkazilgan savdolarda har kuni o'rtacha 25 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko'rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo'yicha shakllangan kunlik o'rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5,7 mln so'mdan 5,8 mln so'mgacha, ya'ni 1,7 foizga ko'tarildi. O'tkazilgan birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi bo'yicha shakllangan o'rtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan 4,2 foizga o'sib, mahsulotni bir tonnasi uchun 5,7 mln so'mni tashkil etdi.