баннер
30 Mar 2025
06:54

    Birlashgan Arab Amirligi termasi bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi

    Hozircha buning sababi maʼlum emas.

    BAA futbol assotsiatsiyasi Paulu Bentuning isteʼfosini eʼlon qildi.

    Rasmiy bayonotga koʻra, bosh murabbiy oʻz yordamchilari bilan ishdan boʻshatilgan. Hozircha buning sababi maʼlum emas. Chunki kecha uning termasi KXDRni magʻlub qildi va jahon chempionatiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma uchun imkoniyatlarni saqlab qoldi.

    Bentu 2023-yilning 9-iyul kunida BAA bosh murabbiyi etib tayinlangan va uning qoʻl ostida 26 oʻyinda qatnashib, 14 gʻalaba, 5 durang va 7 magʻlubiyat qayd etdi. Amirliklar uning qoʻl ostida avvalgi yillarga qaraganda anchayin shakllanib olganini taʼkidlash joiz. Ular Mundial yoʻlida Oʻzbekiston terma jamoasining asosiy raqobatdoshi boʻlib turibdi.

    JCH saralashida BAA termasi qolgan ikki turda Oʻzbekiston termasini mehmon qiladi (5-iyun kuni) va Qirgʻiz Respublikasiga safar uyushtiradi (10-iyun kuni).

    Telegram kanalimiz
    Text to speech