Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mamlakatimizga keldi

    Xalqaro hamkorlik 30 Iyun 2024 305

    Bugun, 30 iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

    Toshkent xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

    Qisqa suhbatdan so'ng, BMT Bosh kotibi O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri hamrohligida o'zi uchun ajratilgan qarorgohga jo'nab ketdi.