Uchrashuvda Oʻzbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi faol ishtiroki hamda istiqboldagi taklif va tashabbuslarga toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi va taʼlim yoʻnalishidagi islohotlar va gender tenglik masalasiga doir ijobiy oʻzgarishlar haqida fikr almashildi.
Muloqot davomida respublikamiz xalqaro indekslardagi reytingi yuqorilab borilayotganligi eʼtirof etilib, mazkur yoʻnalishda ham oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama etildi.
Bundan tashqari, mahalliy Kengashlar va xalq deputatlari faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan oʻquv dasturlari va uslubiy qoʻllanmalarni hamkorlikda ishlab chiqish masallariga eʼtibor qaratildi, deb xabar beradi oliy Majlis Senati matbuot xizmati.