Surishtiruv davomida Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani IIB 2-sonli IIB JXX huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika inspektori J.X.ning bir necha nafar shaxslar bilan kelishmovchiligi yuzaga kelgan.
Oʻrganish ishlari davomida kapitan J.X.ning Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi hamda Ichki ishlar organlarida xizmat oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning bir qator bandlarini buzganligi aniqlanib, xodim ichki ishlar organlari xizmatidan boʻshatildi.
Shuningdek, Gʻallaorol tumani IIBning 4 nafar rahbar xodimlariga profilaktika inspektorining faoliyati ustidan yetarli nazorat oʻrnatmaganliklari uchun intizomiy choralar qoʻllanildi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, voqeaning ayrim ishtirokchilarining xatti-harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining ayrim moddalarida ifodalangan huquqbuzarlik alomatlari aniqlanganligi sababli toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqish va qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Gʻallaorol tumani sudiga yuborildi.