Bu haqda juma kuni jurnalistlarga respublika Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Joriy yilning 2-fevral kuni soat 3:00 da Bishkekdagi issiqlik markazida avariya yuz berdi, oqibatda uskuna ishdan chiqdi. Ayni damda barcha shaxsiy tarkib kuchlari halokatni bartaraf etishga jalb qilingan. Hodisa oqibatida uch nafar xodim tan jarohati oldi, ular shifoxonada”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Shahar aholisi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlangan. Shu bilan birga, issiqlik markazi va issiqlik tarmoqlari ishini ta'minlash maqsadida issiq suv va issiqlik ta'minoti to'xtatildi, deb xabar beradi ria.ru.
“Bishkek shahridagi issiqlik markazidagi avariya oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish uchun tezkor shtab tuzildi... Fuqarolarning uylariga issiqlik ta'minotini tiklash bo'yicha ishlar olib borilmoqda”, deya ta'kidladi energetika vazirligi.
Ayni paytda Bishkekda havo harorati minus 3 darajani tashkil qilmoqda. “RIA Novosti” muxbirining xabar berishicha, ko'p qavatli uylardagi batareyalar sovib ketgan.