Bishkekda bokschilarimiz 10 ta medalli boʻldi

    Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida boks boʻyicha anʼanaviy xalqaro “Duyshenkul Shopokov” turniri yakunlandi.

    Mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza, jami 10 ta medalga sazovor boʻldi.

    Musobaqada vazni -71 kg. boʻlgan Safarbek Abumutalipov oltin medalni qoʻlga kiritdi. Finalga qadar janglarda gʻolib boʻlgan Mirzabek Mirzaxalilov va Kamron Shukurjonov kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, Husanboy Mirsaidov, Ziyovuddin Alijonov, Sanjar Vahobov, Maʼmurjon Hamidullayev, Bekzod Hamidov, Madumar Bahromov va Elyorbek Joʻraboyev oʻz vazn toifalarida shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.