Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, vertolyot Qirg'iziston havo hujumidan mudofaa kuchlariga tegishli. Mudofaa vazirligi vertolyot “mashg'ulot parvozlari vaqtida majburiy qo'nganini va jarohatlanganlar borligini” tasdiqladi, deb xabar beradi tass.ru.

O'z navbatida Vesti.kgning xabar berishicha, dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 1 kishi halok bo'lgan, 10 kishi jarohatlangan.

“Vertolyotning qulab tushishi oqibatida 11 kishi tan jarohati oldi, shundan 1 nafar harbiy xizmatchi halok bo'ldi. To'rt nafari reanimatsiyada, ikki nafarining ahvoli o'ta og'ir, olti nafarining ahvoli o'rtacha. Qurolli Kuchlar havo mudofaasi kuchlari rahbariyati va Qirg'iziston Mudofaa vazirligi ushbu hodisaning sabablarini aniqlash ustida ishlamoqda”, — deyiladi xabarda.