Bitiruvchilarga diplomlar topshirildi

    Namangan muhandislik-texnologiya institutining navbatdagi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi.

    Shu yilning 23-iyul kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutida bitiruvchilar uchun tantanali diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda institut rektori Odiljon Mamatkarimov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bitiruvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

    — Bugun institutni 1596 nafar talaba tamomlamoqda, — deydi institut rektori, fizika-matematika fanlari doktori, professor Odiljon Mamatkarimov. — Shundan 1063 nafari kunduzgi taʼlim shaklida, 525 nafari sirtqi taʼlim shaklida, va yana 8 nafari magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomladi. Institut bitiruvchilarining 97.6 foizi oʻz mutaxassisliklari boʻyicha hozirdan ishga joylashishgan. Bu esa institutning taʼlim sifati va talabalarining kasbiy tayyorgarlik darajasini yuqori ekanligini koʻrsatadi. Katta umidlar bilan katta hayotga qadam qoʻyayotgan bitiruvchilarga, maqsadlari sari qoqilmay doimo olgʻa borishlarini tilayman.

    Tadbir davomida bitiruvchilar va ularning ota-onalari institut tomonidan koʻrsatilgan bilim va koʻnikmalar uchun minnatdorlik bildirdi.

    — Institutda tahsil olish men uchun katta imkoniyatlar eshigini ochdi, — deydi institut bitiruvchisi Husniddin Adahamov.— Oʻqituvchilarimizning qoʻllab-quvvatlovi va oʻzimning tinimsiz mehnatim tufayli koʻplab yutuqlarga erishdim. Talabalik yillarim davomida oʻz sohamga boʻlgan qiziqishim yanada oshdi va kelajakdagi maqsadlarimni aniq belgilab oldim. Kelajakda institutda olgan bilim va tajribamni amaliyotda qoʻllash, yangi innovatsion loyihalarda ishtirok etish va iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish uchun bor kuchimni sarflashga vaʼda beraman.

    Marosim soʻngida bitiruvchilarga diplomlar topshirilib, kelajakdagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilandi.