Ma'lumot uchun aytish joizki, 2020-2021-o'quv yilida 1979 nafar bitiruvchidan 13 nafariga “oltin”, 2 nafariga “kumush” medallar berilgan bo'lsa, 2021-2022-o'quv yilida 1517 nafar bitiruvchining 21 nafariga “oltin” va 8 nafariga “kumush” medallar berildi.
Shuningdek, faxrli bitiruvchilarning ota-onalari ham tashakkurnoma va esdalik sovg'alar bilan rag'batlantirildi. Tadbir davomida shahar hokimi Qobil Xamdamov bitiruvchilarga 30 iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tilaklarini bildirdi, deb xabar beradi Olmaliq shahar hokimligi Axborot xizmati.