Bitta kitob yaratish uchun qancha vaqt ketadi?

    Bir bosma varaqni sozlash taxminan 30 daqiqa davom etadi.

    Chiroyli kitoblarimiz Turkiyada nashr etiladi! “Mega Basim” nashriyot-matbaa ijodiy uyi “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” turkumiga oid bitta kitobni chop etish uchun qancha vaqt ketishi haqida maʼlumot berdi.

    Muhim nuqta — bu nashrga qadar tayyorgarlik. Fayl elektron shaklda qabul qilingandan soʻng, mutaxassislar uni koʻrib chiqadi, texnik noaniqliklarni bartaraf etadi, fotosurat sifatini tekshiradi va agar rasmlar chop etish uchun mos kelmasa, yangilarini talab qiladi. Keyin fotosuratlar va matnlar chop etish uchun maxsus qayta ishlanadi. Nashrga tayyorgarlik jarayoni 1-2 kun davom etadi.

    Shundan soʻng, barcha shriftlar formatlanadi va rasm formatiga aylantiriladi va boʻlajak kitob tasdiqlash uchun yuboriladi.

    Keyingi bosqich — nashr jarayoni ikki kun davom etadi. Bosmaxona kechayu kunduz ishlaydi. Bir bosma varaqni sozlash taxminan 30 daqiqa, uni chop etish esa 5 daqiqa davom etadi. Barcha jildlar bir xil bosmaxonada bosiladi, shunda ular orasida hech qanday farq boʻlmaydi.

    Keyingi qadam — falsovka — varaqlarni daftarlarga yigʻish, kitob blokini shakllantirish va tikish, farzasni biriktirishdan iborat.

    Noldan boshlab bitta kitobni nashr etish uchun taxminan 2 hafta vaqt ketadi. Qoʻlda bajarilgan haqiqiy nozik mehnat!