Ko'rgazmada mahalliy ishlab chiqaruvchilar, tashkilotlar, oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalari, xususiy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar namoyish etilmoqda.
Hududlardagi muammolarni hal qilish, sohalarni innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish uchun xizmat qiladigan ishlanmalar mualliflari bilan oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalari ishlab chiqaruvchilari o'rtasida shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.