Qayd etilishicha, anjumanning birinchi qismida mezbon terma jamoa bosh murabbiyi Kosmin Olariu va jamoa darvozaboni Holid Eysa ishtirok etdi.

Raqibimiz Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Ertangi uchrashuvda munosib qarshilik koʻrsatishga harakat qilamiz. Bu oson boʻlmasligi aniq, ammo biz barchasiga tayyormiz. Ertaga juda qiyin oʻyin boʻladi. Oʻzbekiston guruhdagi eng yaxshi jamoalardan biri. Ular juda tartibli va balans futbol namoyish etishmoqda. Biz soʻnggi bir hafta davomida imkon qadar yaxshi tayyorgarlik koʻrishga harakat qildik. Endi esa yigitlarni toʻgʻri yoʻnaltirishi va motivatsiya berishimiz kerak. Katta oʻyin va katta jang. Biz oʻzimizning imkoniyatimizga ishonamiz. Bor kuchimiz bilan kurashamiz, — dedi BAA terma jamoasi bosh murabbiyi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi matbuot anjumani Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da start oladi.