Forum doirasida koʻplab tadbirlar tashkil etildi. Shu jumladan, ikki mamlakat biznes doiralar va ishbilarmon ayollari ishtirokida seksiya yigʻilishlari ham boʻldi.
Unda iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlari, jumladan, xizmat koʻrsatish, kimyo va yogʻochni qayta ishlash, qishloq xoʻjaligi, energetika, elektr texnika, yengil va oziq-ovqat sanoati, madaniy-gumanitar, shuningdek, turizm va mashinasozlik sohalarida oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha muloqotlar, muhokamalar boʻlib oʻtdi va bitimlar imzolandi.
Seksiya majlislari quyidagi mavzularda oʻtkazildi:
1-seksiya: “Xizmat koʻrsatish sohasida Oʻzbekiston -Belarus savdo aloqalarining rivojlanishi: turizm va sogʻlomlashtirish, sogʻliqni saqlash, taʼlim, madaniyat”;
2-seksiya: “Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida kimyo va yogʻochni qayta ishlash sanoati sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish”;
3-seksiya: “Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida yengil sanoat sohasidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari”;
4-seksiya: “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishga innovatsion yondashuvlar: Oʻzbekiston va Belarus tajribasi”;
5-seksiya: “Mashinasozlik sanoati sohasida Oʻzbekiston -Belarus savdo aloqalarining rivoji”;
6-seksiya: “Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida elektrotexnika sanoati sohasida, elektroenergetika va “yashil” energetikada savdo aloqalarini rivojlantirish istiqbollari”.
Seksiya yigʻilishlari yakunida tegishli yoʻnalishlar boʻyicha tadbirkorlar oʻrtasida tijorat bitimlari imzolandi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.