Bugungi kunda xususiy mulkni himoya qilish sohasida amalga oshirilgan islohotlar va qabul qilingan qonunchilik hujjatlariga qaramay, o'zboshimchalik bilan xususiy mulk huquqini poymol qilish, ayrim mansabdor shaxslarning adolatsiz va asossiz vajlar bilan ko'chmas mol-mulkka aralashuv holatlari kuzatilmoqda.
Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida joylarda davlat organlari tizimidagi rahbar va mutasaddilar tomonidan tadbirkorlarning mulkka doir huquqlarini buzish holatlari hanuz davom etayotganini aytib, Biznes-ombudsmanga tadbirkorlarning huquqlarini buzgan davlat idorasi mansabdorlariga nisbatan ma'muriy javobgarlikka tortish bo'yicha vakolat berishni taklif qilgandi.
Ta'kidlash joiz, qonun loyihasining qabul qilinishi bilan xususiy mulk daxlsizligi, tadbirkorlik faoliyati erkinligini ta'minlash, davlat organlari mansabdor shaxslarining huquqbuzarlik profilaktikasini kuchaytirishning institutsional mexanizmlari yanada takomillashadi, deb xabar beradi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati.