Taʼkidlanishicha, tadbirkorlik subyektini tugatish yoki uning mol-mulkiga nisbatan qandaydir chora koʻrish faqat vakolatli davlat organi yoki sud qarori asosida amalga oshirilishi mumkin.
Qayd etish joizki, “Tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, xususiy mulk davlat himoyasida boʻlib, boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz hisoblanadi.
Shu munosabat bilan Biznes ombudsman vakolatli organlarni ekologik tadbirlar va boshqa muhim jarayonlarni amalga oshirishda tadbirkorlarning qonuniy manfaatlari va mulkiy huquqlariga qatʼiy rioya etishga, xususiy mulkka nisbatan har qanday qonunbuzarlikka yoʻl qoʻymaslikka hamda barcha qaror va harakatlarni amaldagi qonunchilik asosida amalga oshirishga chaqirdi.








