Biznes uyushmalari qancha koʻp boʻlsa, tadbirkorlarni ovozi shuncha baland eshitiladi

    Biznes uyushmalarining aniq natijaga qaratilgan dasturlari, loyiha va tadbirlarini moliyalashtirish uchun har yili 10 million dollar ajratiladi.

    «Biznes uyushmalari qancha koʻp boʻlsa, tadbirkorlarni ovozi shuncha baland eshitiladi.
    Shu bois, oʻz sohasining jonkuyari boʻlgan eng ilgʻor 10 nafar biznes egalari birlashib, atrofiga yosh tadbirkorlarni toʻplab, ortidan ergashtirsa, ularga biznes sirlarini oʻrgatsa, yangi bilim va texnologiyalar olib kirsa, tadbirkorlikdagi koʻp muammolarni biznes hamjamiyatni oʻzi hal qila oladigan boʻladi.
    Bunday yoʻldan borib, tadbirkorlarga koʻmakchi boʻladigan uyushmalarni doim qoʻllab-quvvatlashga tayyorman», — dedi davlatimiz rahbari

    Ularning aniq natijaga qaratilgan dasturlari, loyiha va tadbirlarini moliyalashtirish uchun har yili 10 million dollar ajratiladi.

    Ayni paytda davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilmoqda, ularning qoʻshimcha takliflari va fikrlarini tinglamoqda.