Qaror bilan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki negizida Biznesni rivojlantirish banki hamda uning huzurida quyidagilar tashkil etildi:
“Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
hududlarda 14 ta kichik biznesga ko‘maklashish markazlari.
Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida Biznesni rivojlantirish banki tomonidan kichik biznes loyihalari uchun 7 yilgacha muddatlarda kreditlar ajratiladi.
Ijobiy kredit va soliq tarixiga ega tadbirkorlarga garov talabi 50 foizga kamaytiriladi.
Qarorga ko‘ra, sanoat sohalarida “140 ta ilg‘or sanoat korxonasi” dasturi amalga oshiriladi.
Shunga ko‘ra, mazkur dasturga kiritilgan tarbirkorlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun xorijiy valyutada yillik 4 foiz, milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada 10 yil muddatgacha kredit mablag‘lari ajratiladi.
Bundan tashqari, dasturni amalga oshirishni raqamlashtirish uchun elektron platforma ishga tushiriladi.
Qarorga muvofiq:
– qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasi o‘rnini qoplashda (qaytarishda) soliq uzilishi (tax gap) koeffisiyentini qo‘llash amaliyoti taqiqlanadi;
– QQS bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish tartibi bekor qilinadi;
– foyda solig‘i bo‘yicha har oy bo‘nak to‘lovchi tadbirkorlar daromadining chegaraviy miqdori 5 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mga oshiriladi.