4-iyul kuni MAGATE bosh direktori Rafael Mariano Grossi nihoyat bu masalani hal qilish uchun Yaponiyaga keladi. Tashrif davomida u atom elektr stansiyasiga borib, chiqindi suvlarni dengizga oqizish xavfsizligi bo'yicha yakuniy hisobotni taqdim etadi va Yaponiya regulyatori bayonotini tinglaydi. Bloomberg agentligining qayd etishicha, ushbu ikkala tashkilot ham suv to'kilishini ma'qullashi kutilmoqda.

Aytib o'tish lozimki, 2011-yildagi zilzila va sunami oqibatida yuzaga kelgan avariyadan so'ng “Fukusima” AES hududida 1000 dan ortiq suv rezervuarlari to'planib qolgan. Bu taxminan 1,3 million kub metrni tashkil etadi va ular yordamida shikastlangan reaktorlar sovutilgan. Yaponiya rasmiylariga ko'ra, 2024-yil boshida barcha rezervuarlar to'ladi. Ularda saqlanadigan suv yaxshilab tozalangan, ammo, tarkibida hali ham izsiz erimaydigan vodorodning radioaktiv izotopi – tritiy bor.

Yaponiya hukumati suvni dengizga to'kish zarurligini qayd etib, bu dunyoning boshqa atom elektr stansiyalarida ham odatiy hol ekanini ta'kidlamoqda. Bundan tashqari, ushbu suvni oqizmasdan, atom elektr stansiyasini faoliyatini butunligicha tugatishning iloji yo'q.

Bir necha kun oldin rasmiylar suvni chiqarish uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar, xususan, suvni dengizga chiqarib yuborishga mo'ljallangan suvosti tunnelining to'liq tayyorligini e'lon qilgan edi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, suvni oqizib chiqarish jarayoni bir necha o'n yillar davom etadi, deb xabar beradi uzreport.news.