Jumladan, Agentlik masʼul xodimlari uchun terminaldan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida maxsus trening tashkil etildi. Mazkur trening kompaniyaning malakali ekspertlari tomonidan oʻtkazildi.
Unda xodimlarga terminalning moliyaviy koʻrsatkichlar tahlilini olib borishda kompaniyalarni oʻzaro taqqoslash hamda soʻngi oʻzgarishlar haqidagi maʼlumotlarni olishda esa, terminaldan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar berildi. Shuningdek, agentlikning tegishli xodimlariga terminaldan foydalanish uchun bir oylik ruxsatnoma berildi.
Mazkur treninglar yakuniga koʻra, Bloomberg kompaniyasi bilan hamkorlikni keyingi bosqichga koʻtarish masalalari muhokama etiladi.