Bu haqda BMTning bosib olingan Falastin hududlaridagi gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi xabar berdi.
Xalqaro tashkilot hisobotida qayd etilganidek, Isroil harbiylari va xavfsizlik kuchlari tomonidan 589 kishi, isroillik ko'chmanchilarning hujumlari oqibatida 11 nafar falastinlik halok bo'ldi. Bundan tashqari, yetti holatda o'limga sababchi bo'lgan shaxslarni aniqlashning imkoni bo'lmadi.
Hujjatda qayd etilishicha, xuddi shu davrda Iordan daryosining G'arbiy sohilida 15 nafar isroillik halok bo'ldi, ulardan 9 nafari Isroil mudofaa kuchlari a'zosi, deb xabar beradi tass.ru.