Uchrashuvda tomonlar oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Muloqot davomida Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi aloqalar rivojlanib borayotganini taʼkidlandi.
Xususan, S.Safoyev respublikamizda BMT tomonidan qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgani, ularni ijrosiga alohida eʼtibor qaratilayotgani, bu borada Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan 2021-yilda Buxoro shahrida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda global parlamentlararo hamkorlik” xalqaro forumi oʻtkazilganiga toʻxtalib oʻtdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarishga kelishib oldilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.