“Oʻzligin tanigan inson yurishi

Arslon yurishidan salobatlidir!”

Zamahshariy bobom aytgan hikmat-la

Sizga xat boshladim, janob Guterresh.

... Sanoqli fursatlar qolgan shu damda

Nyu Yorkka boʻylab dilda orziqish!..

Tarixda ilk bora oʻzbekcha soʻzlar,

Arslon yurak, jasur, mard yurt sultoni!   

... Men Oʻzbek ayoli, lek ojiza emas,

Ravshan qalb, aql va shijoatim bor,

Oʻzligin yoʻqotib borayotgan fojianimas,   

Eng qiyin damlarda jahon minbariga,

Yurt shaʼni, nomusi va orin koʻtarib chiqayotgan

Janob Mirziyoyevni qoʻllab ovoz beraman!

... Global dunyoning eng kichik tashvishi Oqibat,

Mehr boʻlib qolmayaptimi, axir janob?!..

Dunyo tizginlari qattiq tortilib,

odamlar duv-duv toʻkila boshlaganda vabo  chohlariga... 

“Pandemiya davrida yagona Yechim–

Oʻzaro birdamlik mitingi!”

deya murojaat-la chiqqan kuningiz

Koʻzlarimga uyqu inmadi sira...

Biz qaysi Dunyoga badargʻa boʻldik?

Qaysi gunohlar va xatolar uchun

Yer shari bunchalar turibdi qalqib?..

Nega bugungi avlod javob beradi

Gunohkor Havvolar, Atolar uchun?!..

Prezidentim dunyo bolalarin bagʻriga bosib,

Kelajak huquqin qaygʻurgan damda

Men ham arosatda qolgan avlod huquqin

talab qilaman bu olamning barcha kattalaridan!

...Ha, soniyalar bormoqda yonib,

Oʻzbekiston vaqti bilan Tinchlik bongida

Yangi Uygʻonish davri ostonasida

Yurtim bayrogʻini baland koʻtarib,

Birlashgan Millatlar Tashkilotining

75 yillik tantanasida 

Omonlik, Tinchlik, Adolat, Sogʻlik

Bilim va Ozodlik uchun ovoz beraman!..

... Yana qay ellarda notinchlik vahmi-la

Nafs, boylik, hukumat ishqida

talvasaga tushgan lahzalar yonmoqda...

Dunyoni bu zulmat qopqalaridan,

Qutqarishga undash uchun jahon minbariga chogʻlangan

Yuksak shijoat sohibini – Prezidentimni

Qoʻllab-quvvatlayman, janob Guterresh!!! 

 

Muxtasar TOJIMAMATOVA,

shoir