BMT Bosh kotibi: Dunyo iqlim falokati yoqasida

    Dunyodagi har bir mamlakatga ta'sir qiladigan iqlim halokati yaqinlashmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ma'lum qildi.

    Uning so'zlariga ko'ra, Yer shari haroratning keskin oshishi, yirik yong'inlar, qurg'oqchilik va misli ko'rilmagan suv toshqinlari davrini boshdan kechirmoqda, deb xabar beradi report.az.

    “Bularning barchasi iqlim o'zgarishi fonida sodir bo'lmoqda, bu tabiiy ofatlar emas, balki qazib olinadigan yoqilg'idan foydalanish tufayli tobora ko'payib borayotgan texnogen ofatlar, bu muammo hech qaysi davlatni chetlab o'tmaydi”, dedi Guterresh.