BMT Bosh kotibi: Falastin mustaqilligi Yaqin Sharqda tinchlik o'rnatilishi uchun zarur

    Yaqin Sharqda tinchlikka erishish uchun Falastinning to'liq mustaqilligi zarur. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma'lum qildi.

    “Asosiy maqsad – Isroil va Falastin BMT rezolyutsiyalari, xalqaro huquq va avvalgi kelishuvlar asosida Quddus har ikki davlatning poytaxti bo'lgan holda tinchlik va xavfsizlikda yonma-yon yashashi uchun ikki davlat asosidagi yechim bo'lib qoladi”, dedi Antoniu Guterrish, BMT Xavfsizlik Kengashining Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish bo'yicha yig'ilishida.

    Guterrishning so'zlariga ko'ra, bunday qaror okkupatsiyaning tugashini va G'azo sektorining ajralmas qismi sifatida to'liq mustaqil, demokratik va suveren Falastin davlatini tuzishni anglatadi, deb xabar beradi mir24.tv.