G'azoning 1,95 million aholisining kamida 91 foizi yoki taxminan 1,76 million kishi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelmoqda. Bu haqda BMTning bosib olingan Falastin hududlaridagi gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi xabar berdi.
Unga ko'ra, 876 ming kishi o'tkir oziq-ovqat tanqisligining ekstremal darajasiga duch kelgan (Oziq-ovqat xavfsizligi bosqichlarining integratsiyalashgan tasnifi shkalasi bo'yicha to'rtinchi bosqichi). 345 ming kishi halokatli oziq-ovqat tanqisligi sharoitida yashaydi – yuqorida qayd etilgan shkala bo'yicha oxirgi, beshinchi bosqich, bu odamlarning yeyishi uchun hech narsa yo'qligini va ular kasal bo'lib, to'yib ovqatlanmaslikdan vafot etishini anglatadi.
Tashkilot ta'kidlaganidek, anklav oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha juda og'ir vaziyatga duch kelmoqda, chunki harbiy harakatlar oqibatida qishloq xo'jaligi yerlarining uchdan ikki qismi zarar ko'rdi, baliqchilik flotining 70 foizga yaqini vayron qilindi, deb xabar beradi tass.ru.