Bu haqda BMTning bosib olingan Falastin hududlaridagi gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi xabar berdi.
Unga ko'ra, 344 ta shunday ta'lim muassasasi to'g'ridan-to'g'ri zarbaga uchragan, yana 133 tasi esa ular atrofidagi harbiy harakatlar oqibatida vayron qilingan. Ular orasida 264 ta davlat maktablari, 57 ta xususiy maktablar va Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo'yicha BMTning Yaqin Sharq agentligining 156 ta maktabi kiradi, deb xabar beradi tass.ru.
Hisobotda, G'azo sektori fuqarolik mudofaa idoralarining xabar berishicha, 2023-yil oktabr oyidan beri vaqtinchalik qochqinlar turar joyi bo'lgan 180 maktab ham nishonga olingan.