Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi moliyalashtirish va hamkorlik bo'limi direktori Liza Dauten ma'lum qildi.
“UNRWA (Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo'yicha BMTning Yaqin Sharq agentligi) ma'lumotlariga ko'ra, har kuni 10 nafar bola bir yoki ikkala oyog'ini yo'qotmoqda. G'azoda yangi tarixda eng ko'p bolalar amputatsiyaga uchradi”, dedi u G'azo sektoridagi gumanitar vaziyat bo'yicha BMTning Xavfsizlik Kengashi yig'ilishida.
Bundan tashqari, BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi vakilining ta'kidlashicha, G'azo sektorida ayollarda homilaning tushishi va o'lim xavfi uch baravar yuqori.
2023-yil 7-oktabrda G'azo sektoridan Isroil hududiga qurollangan HAMAS tarafdorlari kirib kelishi, chegaradagi aholi punktlari aholisining o'ldirilishi va 240 dan ortiq asirlarning garovga olinishi bilan birga Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashdi. Bunga javoban Isroil HAMASning harbiy va siyosiy tuzilmalarini yo'q qilish va o'g'irlab ketilganlarning hammasini ozod qilish maqsadida anklavda harbiy operatsiya boshladi. G'azo sektoridagi janglar shu kungacha davom etmoqda, deb xabar beradi tass.ru.