BMT: Isroil G'azoga hujumlarini qayta boshlaganidan beri 320 nafardan ortiq bola halok bo'ldi

    Isroil G'azo sektorida harbiy amaliyotlarini qayta boshlaganidan beri 320 nafardan ortiq falastinlik bola halok bo'ldi. Bu haqda Qatarning Al Jazeera telekanali BMT Bolalar jamg'armasi (UNICEF) ma'lumotlariga tayanib xabar berdi.

    18-mart kuni Isroil G'azoga hujumlarini qayta boshlaganidan beri kamida 322 bola halok bo'ldi, deya xabar beradi UNICEF.

    18-mart kuni Isroil armiyasi G'azo sektorida jangovar harakatlarni davom ettirib, anklavga kuchli zarbalar berdi va shu tariqa joriy yilning yanvar oyidagi o't o'chishni to'xtatish kelishuvini buzdi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi buni Falastinning radikal harakati HAMASning vositachilar va AQSh Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff tomonidan muzokaralar chog'ida ilgari surgan takliflarni rad etishi bilan izohlab, sektordagi operatsiyadan maqsad barcha garovga olinganlarni ozod qilish ekanini ta'kidladi. Radikallar jangovar harakatlar qayta boshlanganida Isroil va AQShni aybladi, deb xabar beradi tass.ru.