BMT migrantlar uchun pul o'tkazmalarni bepul qilishni taklif qildi

    Ijtimoiy hayot 25 May 2020 1339

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti qator tashkilotga a'zo mamlakatlarning pandemiya davrida migrantlar uchun pul jo'natish sharoitlarini engillashtirish tashabbusini qo'llab-quvvatladi.

    Tashkilot mehnat migrantlari uchun moliyaviy yuklamani kamaytirish va ular uchun vataniga pul jo'natishni bepul qilish zarur deb hisoblaydi. Zero, ular tranzaktsiya uchun to'layotgan foizlari, ayniqsa, pandemiya sharoitida og'irlik qiladi.

    BMT po'l o'tkazmalari hajmining kamayishi qashshoq davlatlar iqtisodyotiga katta ta'sir ko'rsatishidan xavotir olmoqda. Ular shundoq ham pandemiyadan zarar ko'rmoqda.

    Avvaliga ushbu tashabbus Buyuk Britaniya va SHveytsariyadan chiqqan edi. Keyin uni xalqaro tashkilotlar, jumladan, Jahon banki va BMT tarkibidagi bir qator muassasalar qo'llab-quvvatladi. Asosiy maqsad – rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy oqim yo'lidagi to'siqlarni olib tashlashdir.