Aholini ish bilan ta'minlash darajasi kundan-kunga tushib ketar ekan, turli etishmovchiliklar kelib chiqaveradi. BMT Jahon Oziq-ovqat Dasturining hisob-kitoblariga ko'ra, hozirgi paytda 3,4 million odam oziq-ovqat tanqisligini boshdan kechirmoqda. 2020 yil yakunigacha bu ko'rsatkich to'rt barobar oshishi mumkin.

Ayniqsa muhojirlar xavf ostida.  Kolumbiya, ekvador, Perudagi ijtimoiy  tanglik oqibatida chorasiz muhojirlar soni 540 mingdan 1 millionga qadar ko'payishi mumkin.

BMT Jahon Oziq-ovqat Dasturi maktablar yopilgani uchun tushlik qilolmayotgan bolalarga e'tibor qaratmoqda va o'zi shundoq ham qashshoq mintaqalarda boshlanayotgan pandemiyaning osoratlari juda og'ir bo'lishidan havotir olmoqda.